03:19 Chorshanba 09 Aprel 2025 (GMT+5)
Sayt test rejimida ishlamoqda
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

        Banklarning ustav kapitali miqdori oshirilmoqda 

        07.04.2023
        2610

        Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

        Ta’kidlanganidek, Qonun bilan banklar ustav kapitali miqdorini 2023-yil 1-sentabrdan boshlab 2025-yilning 1 yanvarigacha bosqichma-bosqich yuz milliard so‘mdan besh yuz milliard so‘mgacha oshirib borish to‘g‘risidagi talablarni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

        Mazkur me’yorning kiritilishi banklarni kapitallashtirish darajasi hamda resurs bazasini oshirish, sohaga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qo‘shimcha huquqiy shart-sharoitlar yaratish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha kredit berish imkoniyatini yaratadi.

        Shuningdek, Qonunga ko‘ra norezidentlar tomonidan banklarning aksiyalarini olishga nisbatan cheklovlar qisman bekor qilinmoqda. Xalqaro bozorlarda ommaviy joylashtirilgan aksiyalarni sotib olish soddalashtirilmoqda.

        Senatorlarning ta’kidlashicha, mazkur Qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlar banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zgarishlar jarayonlarida ishtirok etishini kengaytirishga xizmat qiladi.

        Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

        Text to speech