Senatda Bahrayn parlament delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
PIning 150-yubiley assambleyasi doirasida Oliy Majlis Senati devoni rahbari Qudrat Nurullayev Bahrayn parlamenti Vakillar kengashi Bosh kotibi Karima Muhammad al-Abbosiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari, jumladan, do‘stlik guruhlarini tashkil etish, parlament qo‘mitalari va devonlari darajasida muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, shuningdek, ikki tomonlama shartnomalar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish niyati bildirildi.
Uchrashuv yakunida tomonlarning ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan parlamentlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyor ekanligi bildirildi.