O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi
Hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) saylash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasining 16-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi QAROR QILADI:
1. Ulug‘bek Nasriddinovich Muxammadiyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) etib saylansin.
2. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining Spikeri N.Ismoilov
Toshkent shahri, 2015 yil 14-may
***
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) saylash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasining 16-bandiga va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasining 16-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:
1.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 14-maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) saylash to‘g‘risida»gi 134 – III-sonli Qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.Ulug‘bek Nasriddinovich Muxammadiyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) etib saylansin.
3.Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
4.Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev
Toshkent shahri, 2015-yil 15-may
***
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:
1. Rashitjon Xamidovich Kadirov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi etib saylansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev
Toshkent shahri, 2015-yil 16-may
***
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari etib saylansin:
Kasimov Ixtiyar Uralovich
Rasulberdiyev Umidjon O‘rinboyevich
Tangabayev Baxrom Abduvaliyevich
Tulanov Maxamatibroxim Azimovich.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev
Toshkent shahri, 2015 yil 16-may
***
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:
1. Isakov Baxtiyor Tursinmatovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylansin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining sudyalari etib saylansin:
Alimov Ibragim Mirzaraximovich
Maxmudov Alisher Shavkatovich.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev
Toshkent shahri, 2015 yil 16-may