O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

 

O‘zbekiston va Indoneziya parlamentlari a'zolari uchrashuvi

22.05.2015

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Indoneziya Respublikasi parlamenti Mintaqalar vakillari kengashi raisi Irman Gusman rahbarligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim asos bo‘lib xizmat qilayotgani ta'kidlandi.
Indoneziya Respublikasining siyosiy doiralari vakillari O‘zbekistonda 2014 va 2015 yillarda bo‘lib o‘tgan parlament hamda Prezident saylovlarini kuzatib bordi.
Kuzatuvchilar saylov kampaniyasiga yuksak baho berib, siyosiy tadbir demokratik standartlarga muvofiq o‘tkazilganini e'tirof etishdi. Uchrashuvda parlamentlararo aloqalar ikki tomonlama samarali siyosiy muloqot uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlandi. Parlament a'zolari barcha yo‘nalishda ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
— Biz O‘zbekiston bilan hamkorlikni, ayniqsa, parlamentlararo aloqalar yo‘nalishida yanada mustahkamlashni istaymiz, — dedi Indoneziya Respublikasi parlamenti Mintaqalar vakillari kengashi raisi Irman Gusman. — O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda, aholining farovonligi yuksalayotir. Indoneziya O‘zbekiston bilan barcha sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdoridir.
Tomonlar parlament tajribasi, qonunchilik faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlik hamda barqarorlikni ta'minlashga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

Qobil XIDIROV

 

Ўзбекча | Русский

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati