O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

 

Parlamentda uchrashuvlar

08.05.2015

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘uliston bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi I. Grigule bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlarda O‘zbekiston bilan yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani alohida ta'kidlandi. Xususan, 1996 yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi bilan yevropa hamjamiyati va ularga a'zo davlatlar o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangani o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Hozirgi kunda parlamentlararo aloqalarning izchil mustahkamlanib borayotgani ikki tomonlama siyosiy muloqotlarni rivojlantirishning muhim omili bo‘lmoqda. Turli sohalarda hamkorlikning joriy holatini muntazam muhokama qilish hamda ularni yanada rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish, dolzarb masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.
I. Grigule O‘zbekiston va yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi an'anaviy do‘stlik hamda ishonchga asoslangan munosabatlarni yuksak qadrlashini ta'kidlab, O‘zbekiston bilan aloqalarning yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.
Parlament a'zolari parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.
yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘uliston bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi I. Grigule O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ham uchrashuv o‘tkazdi.

Saidjon MAXSUMOV

O'zbekcha | Русский

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati