gerb

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 29-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish to‘g‘risida”gi 676–I-sonli Qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 176-modda; 1999-yil, № 1, 27-modda, № 9, 239-modda; 2001-yil, № 9–10, 194-modda; 2004-yil, № 5, 101-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 3–4, 116-modda, № 5, 180-modda; 2007-yil, № 6, 255, 291-moddalar, № 8, 374, 383-moddalar; 2010-yil, № 3, 103-modda, № 8, 314-modda) qisman o‘zgartishlar kiritib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 3-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o‘zgarishlar kiritish to‘g‘risida”gi 890–II-sonli va 2014-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o‘zgarishlar kiritish to‘g‘risida”gi 892–II-sonli qarorlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari etib saylansin:

Abduvaxitov Abdujabar Abdusattarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

Abdunazarov Olimjon Toshtemirovich – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Surxondaryo viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi boshlig‘i

Artikova Svetlana Baymirzayevna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi

Kurbankulov Suyarjon Masharipovich – O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisi

Mirzayev Abdumanob Kuchkarovich – Farg‘ona viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi

Norov Jalil Xalilovich – O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining Navoiy viloyati bo‘limi raisi

Rajabov Esanbay – Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi

Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich – Samarqand davlat chet tillar instituti rektori

Fattoyev Yoqub Talabovich – Buxoro viloyati Peshku tumani “Fattoyev” fermer xo‘jaligi rahbari

Xodjakulov Erkin Gaybullayevich – Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i

3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari M.X.Axmedov, A.Dusbayev, Yu.U.Karayev, S.S.Kasimov, G.R.Rustamova, K.Togayev, M.S.Xodjayev, O‘.Sh.Xolov, A.Shirinov, S.X.Shukurov, K.T.Yusupov va M.K.Yakubovaning vakolatlari o‘zlari bergan arizalarga binoan tugatilgan deb hisoblansin.

4. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.

5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining RaisiI.Sobirov

Toshkent shahri,
2014-yil 10-aprel

Chop etilgan sana: 11.04.2014 02:17:11

Ўзбекча | Русский

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati