O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

 

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ МАЖЛИСИ СЕНАТИ АХБОРОТ-РЕСУРС ТРЕНИНГ МАРКАЗИНИНГ ОЧИЛИШ

27.08.2014

Shu yil 27 avgustda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasining navbatdagi yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydigan kun va mamlakatimiz mustaqilligining 23 yilligi bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Axborot-resurs trening markazining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu Markaz parlamentning yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonda ikki palatali parlament tizimini yanada mustahkamlash va mahalliy Kengashlar bilan aloqalarni rivojlantirish» loyihasi bilan hamkorlik sohasidagi ustuvor vazifalari doirasida tashkil etildi.
Markazning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a'zolari, Senat Devonining xodimlari, yeI ushbu loyihasining rahbarlari va menejerlari, mutaxassislar, OAV vakillari hamda taklif etilgan mehmonlar qatnashdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari M.A.Radjabova tantanali ochilish marosimida so‘zlagan qisqacha nutqida hozir bo‘lganlarga yangi Markazning maqsadlari va vazifalari haqida axborot berdi, Markazning ahamiyatini va u o‘z vaqtida tashkil etilganligini qayd etdi, ushbu tarkibiy tuzilmaning parlament faoliyatini yanada takomillashtirishdagi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari bilan o‘zaro aloqalarini mustahkamlashdagi, senatorlar va mahalliy Kengashlar deputatlarining faolligini oshirishdagi imkoniyatlarini alohida ta'kidladi.
Elchi, yeIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi boshlig‘i janob Yu.Shterk va yeI loyihasining rahbari R.Rolla xonim tadbir qatnashchilariga murojaat qilib, ushbu Markazning tashkil etilishiga O‘zbekistonda ikki palatali parlament tizimini rivojlantirish va mustahkamlash ishida hamkorlik va yaqindan sherikchilik qilish natijasida imkoniyat tug‘ilganligini aytdilar. Ular axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Markazda mavjud bo‘lgan texnik vositalar va uskunalardan foydalanishning funksional hamda texnik imkoniyatlari ustida ham qisqacha to‘xtalib o‘tdilar.
Markazning ochilish marosimi ishtirokchilari va mehmonlar Senatning yangi bo‘linmasi bilan, kelgusidagi qiladigan ishlari va vazifalari, uning ishini tashkil etish prinsiplari bilan tanishdilar. Yangi ko‘p funksiyali texnikaning namoyishi alohida e'tiborni jalb etdi, xususan, yagona parlament tarmog‘ining boshqa sub'ektlar bilan, Oliy Majlis Senati Devonining tuzilmalari bilan videoaloqa seansi, shuningdek elektron parlament tezarusi, tashkil etilgan foto va videostudiya, taqdimot zallari va amaliy treninglarga mo‘ljallangan zallar namoyish qilindi.
So‘zga chiqqan Oliy Majlis Senati a'zolari va Devonining xodimlari yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning muhimligini qayd etdilar, elektron hujjat aylanishini, elektron arxivlar va kutubxonalarni, eng yangi axborot izlash tizimlarini joriy etish, yagona parlament tarmog‘ida ishlash hamda barcha xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan masofadan turib hamkorlik qilish hisobiga professional faoliyatning sifati va samaradorligini oshirish uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish tarafdori ekanliklarini ta'kidladilar.
Yangi Markaz bilan tanishuvdan keyin parlament a'zolarining yeI loyihasi rahbarlari, mutaxassislar va OAV vakillari bilan jonli muloqoti davom etdi.
Yangi Markazning tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasini texnik jihozlash davom etayotganligidan va yetakchi xorijiy parlament markazlarining faoliyatida bo‘lgani kabi O‘zbekistonning xalq vakillari uchun dolzarb va o‘ta zarur bo‘lgan muhim ko‘p funksiyali tuzilma o‘z ishini boshlaganligidan darak beradi. Markaz Senat a'zolari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlariga har tomonlama yordam beradi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda mahalliy hokimiyat vakillik organlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish garovi bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Matbuot xizmati

Русский | Ўзбекча

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati