gerb

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:

1. Raximjon Obidovich Obidov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – harbiy hay’at raisi etib saylansin.

2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyalari etib saylansin:

Botirali Murodovich Diyorov
Tal’atjon Baxtiyorovich Meliboyev
Azizaxon Numanovna Najmutdinova
Qahramon Uljayev.

3. Quyidagilar boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi vazifasidan ozod qilinsin:

Murodjon Kodirovich Mirzajonov
Ikram Tuxtamuratovich Muslimov
Turabek Tursunbekovich Raxmanov
Arislan Usmanovich Usmanov.

4. Temur Telmanovich Raxmatov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi vazifasidan ozod qilinsin.

5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov

Toshkent shahri, 2013-yil 13-dekabr

top

Chop etilgan sana: 13.12.2013 20:50:11

Ўзбекча | Русский

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati