O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

Senatda

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining majlisi to‘g‘risida axborot

31.07.2013

eu visit to senat of uzbekistan

2013-yil 31-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘ldi.

Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi.

Kengash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisini shu yil 22-23-avgust kunlari Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Senat yalpi majlisining kun tartibiga siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma sohalarini izchil isloh qilish hamda liberallashtirishga qaratilgan bir qator O‘zbekiston Respublikasi qonunlari kiritilmoqda. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Garov reyestri to‘g‘risida”gi, “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidan bo‘lib, ular tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash va rivojlantirish, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni kuchaytirishni nazarda tutadi.

Shu bilan bir qatorda, navbatdagi yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2012-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni va odamlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilishga doir masalalarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinadi.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va Devonining o‘n ikkinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan tegishli ishchi guruh tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Senatining
Matbuot xizmati

Yangilangan sana:

Ўзбекча | На русском | English | Français | Español

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati