O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida uchrashuvda

 

22.05.2013

Hindiston Respublikasi Vitse-prezidenti Hamid AnsoriyHindiston Respublikasi Vitse-prezidenti Hamid Ansoriy 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Ilgizar Sobirov bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar an’anaviy do‘stlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillari asosida izchil rivojlanayotgani, bunda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning may oyida Hindiston Respublikasiga davlat tashrifi o‘zaro munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishda muhim omil bo‘ldi.

O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik, sarmoyalarni himoyalash va rag‘batlantirish, ikki tomonlama soliqdan qochishga oid bitimlar amal qiladi. O‘zaro savdoda eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. Mamlakatimizda hind sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 62 qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur mamlakatning 18 firma va kompaniyasi yurtimizda o‘z vakolatxonasini ochgan. Ular asosan to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, sayyohlik, qishloq xo‘jaligi, savdo va xizmat ko‘rsatish kabi sohalarga ixtisoslashgan.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Hindistonning oliy qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlikning turli yo‘nalishlariga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

– O‘zbek va hind xalqlari o‘rtasidagi hamkorlik uzoq davrlarga borib taqaladi, – dedi Hamid Ansoriy. – O‘zbekiston-Hindiston hamkorlik aloqalari ko‘plab sohalarda jadal rivojlanayotgani bizni g‘oyat quvontiradi. Do‘stlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan aloqalarimizni yanada mustahkamlash tarafdorimiz.

Hindiston delegatsiyasi a’zolari shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ham muzokara o‘tkazdi.

Hindiston Respublikasi Vitse-prezidenti Hamid Ansoriy Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘lib, Sohibqiron va uning avlodlari haqida hikoya qiluvchi eksponatlarni ko‘zdan kechirdi, Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi. (© UzA)

***

Uchrashuv foto va videolavhalari

Video

Content on this page requires a newer version of Adobe Flash Player.

Get Adobe Flash player

top

Chop etilgan sana: 22.05.2013 21:24:11
Yangilangan sana:

Ўзбекча | Русский | English | Français | Español | Arabian

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati