O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida uchrashuvda

 

15.05.2013

Buyuk Britaniya Parlamentining  "Britaniya-O‘zbekiston" Umumparlament guruhi raisi Lord Dj. Veyverli bilan uchrashuv2013 yil 15 mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Senatning Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi S.Safoyevning Buyuk Britaniya Parlamentining "Britaniya-O‘zbekiston" Umumparlament guruhi raisi Lord Dj. Veyverli bilan uchrashuvi b‘olib o‘tdi. (© Senat.Uz)

***

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab yo‘nalishlarda, shu jumladan parlamentarizm sohasida ham izchil rivojlanib borayotgani, mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun ikki tomonda ham qiziqish katta ekani alohida ta’kidlandi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan bir qator hujjatlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni izchil rivojlantirish hamda ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kengashi majlislari muntazam o‘tkazib kelinayotir. O‘zbekistonda britaniyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tuzilgan 437 korxona, Buyuk Britaniyaning 86 firma va kompaniyasi vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuksak texnologiyalardan foydalangan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ikki tomon ham o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraydi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo‘lgan uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

– O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasida parlamentlararo aloqalar izchil taraqqiy etmoqda, – dedi lord Jon Veyverli. – Maqsadimiz turli tashkilot va idoralar hamkorligini rivojlantirish, parlamentlararo muloqot sohasida axborot va tajriba almashishni faollashtirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishning huquqiy-me’yoriy asoslarini mustahkamlash hamda madaniy aloqalarni yanada kengaytirishdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Buyuk Britaniya Parlamenti bilan hamkorlik bo‘yicha guruhi hamda Buyuk Britaniya Parlamentining “Britaniya-O‘zbekiston” Umumpartiyaviy guruhi o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumi bu boradagi munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni jadal taraqqiy ettirishga xizmat qilayotir. (© UzA)

Uchrashuv foto va videolavhalari

 

Video

Content on this page requires a newer version of Adobe Flash Player.

Get Adobe Flash player

top

Chop etilgan sana: 15.05.2013 17:24:11
Yangilangan sana:

Ўзбекча | Русский | English | Français | Español | Arabian

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati