O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

Oliy Majlis Senatida uchrashuv

 

05.09.2013 19:56

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Fransiya parlamenti senatori, “Fransiya – Markaziy Osiyo” do‘stlik guruhi raisi Andre Dyule rahbarligidagi delegatsiya 5-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Ilgizar Sobirov bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi aloqalar ko‘plab yo‘nalishlarda, jumladan, parlamentarizm sohasida ham izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oliy qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi munosabatlarga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ikki tomonlama aloqalarning huquqiy asosini mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ekologik muammolarni bartaraf etish, transchegaraviy suv muammolarining yechimini topish, Orolbo‘yida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi.

“Fransiya – Markaziy Osiyo” do‘stlik guruhining asosiy maqsadi mintaqa mamlakatlari parlamentlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat.

– Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda, – dedi Andre Dyule. – O‘zbekiston bilan barcha yo‘nalishlar kabi parlamentarizm, sanoat va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashdan, istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirishdan manfaatdormiz.

Shu kuni Fransiya delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ham muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish va boshqa xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

* * *

Fotolavhalar

 

Ўзбекча | Russian | English | French | Spain | Arabian

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati