O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida

 

AQSh delegatsiyasining uchrashuvi

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi quyi qo‘mitasi raisi Den Berton rahbarligidagi delegatsiya a’zolari 6 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Ilgizar Sobirov bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va gumanitar kabi ko‘plab sohalar qatori parlamentarizm yo‘nalishida ham izchil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

– O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish AQSh uchun muhim ahamiyatga ega, – dedi Den Berton. – Tashrif davomida O‘zbekistonning parlamentarizm tizimi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lganimizdan g‘oyat mamnunmiz. Mamlakatingizda ushbu soha faoliyati bizda katta taassurot qoldirdi. Tashrif doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar o‘zaro munosabatlarimizni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Shu kuni AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Tashqi ishlar vazirligida ham uchrashuvlar o‘tkazdi.

O'zA

Tilni o'zgartirmoq: Русский | Español | العربية

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati