O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida

5 dekabr kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'ninchi yalpi majlisi ochiladi. (video)

4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ishchi guruh rahbarining bo‘lajak yalpi majlisni o‘tkazishga tayyorgarlik to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Senat qo‘mitalarining raislari qo‘mitalar majlislarining o‘tkazilganligi to‘g‘risida va o‘ninchi yalpi majlis muhokamasiga kiritilayotgan qonunlar yuzasidan xulosalar, boshqa masalalar yuzasidan qarorlar loyihalari tayyorligi haqida axborot berdilar, majlis ishini tashkil etish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Kengash majlisida ta’kidlanganidek, Senatning bo‘lajak yalpi majlisida 20 ta masala, shu jumladan, 8 ta qonun ko‘rib chiqilishi mo‘ljallanmoqda.

Kengash majlisida O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat byudjeti hamda 2013-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi ko‘rib chiqilishi hamda tasdiqlanishining muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kengash a’zolari Senatning yalpi majlisi muhokamasiga kiritilayotgan, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarini izchil isloh qilish hamda liberallashtirishga, davlat boshqaruvini takomillashtirishga, shuningdek, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdilar. “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, yangi tahrirdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi, “Saylov erkinligi yanada ta’minlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Coliq va byudjet siyosatining 2013-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi, shuningdek, soliq hisobotini taqdim etish davriyligi qisqartirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, boshqa qonunlar shular jumlasidandir.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining matbuot xizmati

Для содержимого этой страницы требуется более новая версия Adobe Flash Player.

Получить проигрыватель Adobe Flash Player


Chop etilgan sana: 04.12.2012 21:01:11
Yangilangan sana:

Ўзбекча | Русский | English | Arabian

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati