O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida       

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati sakkizinchi yalpi majlisining ochilishi to‘g‘risida

2012 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Kengash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisini shu yil 23-24 mart kunlari Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Senat yalpi majlisining kun tartibiga siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarini izchil qayta isloh qilish va liberallashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining qator qonunlari kiritilmoqda. Ular qatorida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar hamda Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh qilishni nazarda tutuvchi boshqa qator qonunlar bor.

Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi
Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi

Shu bilan birga, Senatning navbatdagi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning), O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2011 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda. Senatorlar yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011 yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axborotini ko‘rib chiqadilar.

Navbatdagi yalpi majlisda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining ijro etilishi to‘g‘risidagi masala yuzasidan parlament eshituvlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining matbuot xizmati.

"Xalq so'zi" gazetasi, 03.03.2012

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
Tilni o'zgartirmoq: