O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

1. Shuxrat Zafarovich Saidov O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosari etib saylansin.

2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining sudyalari etib saylansin:

Karomatjon Xudayberganovna Davletova

Oybek Abdukadirovich Djurayev.

3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov

Toshkent shahri, 2011 yil 27 avgust

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati