Олий Мажлис Сенати янгиликлари

<< Янгиликлар |                                                                

2008 йил 17 март

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisini 2008 yil 27 mart kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Senatning yalpi majlisi muhokamasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, ma’qullash uchun Senatga yuborilgan bir qator qonunlarni hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga qo‘shilishiga oid yana bir qancha qonunlarni kiritish rejalashtirilmoqda. Ular orasida:

Shu bilan birga, senatorlar muhokamasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2007 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2007 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqidagi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) 2007 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi masalalarni ham kiritish mo‘ljallanmoqda.
Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga taalluqli boshqa bir qator masalalar ham muhokama qilinadi.
Kengash Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va Devonining o‘n uchinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarini muvofiqlashtirib borish vazifasini Oliy Majlis Senati Raisining o‘rinbosari F.Muhitdinova zimmasiga yukladi.

ЎзА

© O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati - Sayt dizayni Abror Musahonov