O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni


O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida


Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 7 mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015 yil 15 mayda ma'qullangan

1-modda. 1993 yil 7 mayda qabul qilingan 863–XII-sonli O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 6, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 3, 38-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 7, 350-modda; 2012 yil, № 9/2, 246-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda) 110-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi 913–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 241-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2007 yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2013 yil, № 12, 350-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda) quyidagi mazmundagi 251-modda bilan to‘ldirilsin:

«251-modda. Hokimning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini xalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitish

Viloyat, tuman, shahar hokimi har yili tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobot taqdim etadi.
Viloyat, tuman, shahar hokimining hisoboti tegishli xalq deputatlari Kengashining viloyat, tuman, shaharning o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va joriy yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida eshitiladi. Mazkur majlis viloyatlarda va Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli majlisi o‘tkazilganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay, tumanlar va shaharlarda esa viloyatlarda tegishli majlislar o‘tkazilganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zolari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari, viloyat va Toshkent shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari taklif etiladi.
Tuman va shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat Kengashlari deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat hokimi yoki uning o‘rinbosarlari, tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari taklif etiladi.
Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Viloyat va Toshkent shahar hokimining hisobotini muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Tuman va shahar hokimining hisobotini muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini muhokama qilish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, unda tegishli hokim va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishining samaradorligiga kompleks baho beriladi, ularning ishini takomillashtirishga doir tavsiyalar va takliflar, shuningdek qaror amalga oshirilishining borishi ustidan nazoratni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi. Mazkur qaror va hokimning hisoboti rasmiy nashrlarda hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining veb-saytlarida e'lon qilinishi shart».

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda) 131-moddasi ikkinchi qismining dispozitsiyasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
«b» bandining o‘zbekcha matnidagi «sodir qilingan bo‘lsa» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi «v» band bilan to‘ldirilsin:
«v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa».

4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1461-modda bilan to‘ldirilsin:

«1461-modda. Tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatini bajarmasligi

Tashuvchining yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonunda belgilangan o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatini bajarmasligi, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
2) 245-moddaning birinchi qismi «146-moddasining uchinchi qismida» degan so‘zlardan keyin «1461-moddasida» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.

5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan 477–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, 9-songa ilova; 2001 yil, № 1–2, 11-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda; 2008 yil, № 4, 185-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 332-modda; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 335-modda; 2011 yil, № 4, 104-modda; 2012 yil, № 9/2, 244-modda;
2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 1-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Sudga murojaat qilish ushbu Kodeksda belgilangan shakllarda amalga oshiriladi. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin»;
2) 73-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yozma dalillar ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar bayon etilgan hujjatlardan, xizmatga daxldor va shaxsiy yozishmalardan, shu jumladan faks, elektron yoki o‘zga aloqa vositasida yoxud hujjatning to‘g‘riligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda olingan hujjatlardan iborat bo‘ladi»;
3) 132-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sud chaqiruv qog‘ozlari, zarur hollarda esa telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini ta'minlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali sudga chaqiriladi hamda sudning ayrim protsessual harakatlari to‘g‘risida xabardor qilinadi»;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini ta'minlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali sudga chaqirilgan yoki sudning ayrim protsessual harakatlari to‘g‘risida xabardor qilingan hollarda, telefonogrammalar, telegrammalar, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilgan sud chaqiruv qog‘ozining nusxasi ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi»;
4) 133-modda:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«1) sudning nomi, aniq manzili, telefon raqami, elektron manzili»;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilayotgan sud chaqiruv qog‘ozida ushbu modda birinchi qismining 1–5, 7-bandlarida sanab o‘tilgan ma'lumotlar ko‘rsatilishi kerak»;
5) 135-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron manzili ko‘rsatilgan taqdirda chaqiruv qog‘ozi axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin»;
6) 137-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Chaqiriluvchi chaqiruv qog‘ozini qabul qilishdan bosh tortganligi yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilingan shaxsning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi»;
7) 138-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslarining raqamlarini, elektron manzilini sudga ma'lum qilgan taqdirda, ish yuritilayotgan vaqtda ularning o‘zgarganligi haqida sudni xabardor qilishi kerak»;
8) 148-moddaning matnidagi «yozma shaklda» degan so‘zlar «yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 149-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
«Arizada da'vogarning yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Arizada elektron manzil ko‘rsatilganligi arizachining sud chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining va ajrimlarining nusxalarini axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga bo‘lgan roziligini bildiradi»;
10) 150-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ariza javobgarlarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga beriladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ariza bundan mustasno»;
11) 154-modda:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
«Ajrim imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi»;
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
«Ariza va ajrim imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi»;
12) 177-moddaning ikkinchi qismidagi «chaqiruv qog‘ozi orqali xabardor qilinadilar» degan so‘zlar «ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 223-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko‘ra, ularga sud hal qiluv qarorining yoki ish yuritishni to‘xtatib turish, tugatish to‘g‘risidagi yoxud arizani ko‘rmay qoldirish haqidagi sud ajrimining nusxasi imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
Sud hal qiluv qarorining yoki ish yuritishni to‘xtatib turish, tugatish to‘g‘risidagi yoxud arizani ko‘rmay qoldirish haqidagi sud ajrimining nusxasi sud majlisiga kelmagan taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga hal qiluv qarori yoki ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi»;
14) 228-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining nusxasi sud majlisiga kelmagan tarafga shu qaror chiqarilgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi»;
15) 230-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga beriladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ariza bundan mustasno. Ariza berganlik uchun davlat boji to‘lanmaydi»;
16) 2383-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi «yozma shaklda» degan so‘zlar «yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 23810-moddaning uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimning nusxalari ajrim chiqarilganidan keyin uch kundan kechiktirmay taraflarga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi»;
18) 271-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay tegishli organga yoki mansabdor shaxsga, shuningdek fuqaroga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi»;
19) 278-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Prokurorning huquqiy hujjatni g‘ayriqonuniy deb topish haqidagi arizasi bo‘yicha sudning hal qiluv qarori protestni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yoxud protestni ko‘rib chiqmagan organ rahbariga va prokurorga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi»;
20) 3095-moddaning:
birinchi qismidagi «yozma shaklda» degan so‘zlar «yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza javobgarlarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga beriladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ariza bundan mustasno»;
21) 30910-moddaning:
birinchi qismidagi «yozma shaklda» degan so‘zlar «yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza qarzdorlarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga beriladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ariza bundan mustasno»;
22) 319-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko‘ra, ularga apellyasiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudi ajrimining yoki qarorining nusxasi imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
Sud majlisiga kelmagan taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyasiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudi ajrimining yoki qarorining nusxasi ajrim yoki qaror chiqarilgan kundan e'tiboran o‘n kundan kechiktirmay pochta orqali yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi»;
23) 322-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Apellyasiya shikoyati yoki protesti ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan apellyasiya shikoyati yoki protesti bundan mustasno»;
24) 323-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Apellyasiya shikoyatida yoki protestida shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin»;
25) 324-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
«Ajrim apellyasiya shikoyati bergan yoki protesti keltirgan shaxsga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi»;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
«Shikoyat yoki protest shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsga ajrim bilan birga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi»;
26) 327-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Tushuntirishlar (e'tirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan tushuntirishlar (e'tirozlar) bundan mustasno. Tushuntirishlarning (e'tirozlarning) nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi)»;
27) 328-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat yoki protest yuzasidan tushuntirishlar (e'tirozlar) taqdim etishni taklif qiladi. Tushuntirishlar (e'tirozlar), shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan tushuntirishlar (e'tirozlar), shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar bundan mustasno. Tushuntirishlarning (e'tirozlarning) nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi)»;
28) 330-moddaning birinchi qismidagi «yozma shaklda bayon etilib» degan so‘zlar «yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
29) 346-moddaning birinchi qismidagi «topshipilgan kundan e'tiboran» degan so‘zlar «topshipilgan yoki yuborilgan kundan e'tiboran» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
30) 3483-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Kassatsiya shikoyati yoki protesti ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan kassatsiya shikoyati yoki protesti bundan mustasno»;
31) 3484-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Kassatsiya shikoyatida yoki protestida shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin»;
32) 3485-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
«Ajrim kassatsiya shikoyati bergan yoki protesti keltirgan shaxsga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi»;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
«Shikoyat yoki protest shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsga ajrim bilan birga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi»;
33) 3488-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Tushuntirishlar (e'tirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan tushuntirishlar (e'tirozlar) bundan mustasno. Tushuntirishlarning (e'tirozlarning) nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi)»;
34) 34811-moddaning birinchi qismidagi «yozma shaklda bayon etilib» degan so‘zlar «yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
35) 353-moddaning uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Protest ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan protest bundan mustasno»;
36) 360-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Ajrim yoki qaror ishda ishtirok etuvchi shaxslarga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi»;
37) 367-modda quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
«Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi»;
38) 368-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Xususiy shikoyatda yoki xususiy protestda xususiy shikoyat bergan yoxud xususiy protest keltirgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin»;
39) 374-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Xususiy shikoyatda yoki xususiy protestda xususiy shikoyat bergan yoxud xususiy protest keltirgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin».

6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan «Avtomobil transporti to‘g‘risida»gi 674–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 9, 174-modda) 28-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«28-modda. Ixtiyoriy va majburiy sug‘urta

Yo‘lovchilarning hayotini, sog‘lig‘ini ixtiyoriy sug‘urta qilish, shuningdek bagaj va yuklarni sug‘urta qilish tegishli sug‘urta shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi».

7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Radiochastota spektri to‘g‘risida»gi 725–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 16-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 2-moddaning:
yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvali – har xil turdagi radioxizmatlar o‘rtasida taqsimlangan radiochastotalar polosalari ro‘yxati»;
sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi – o‘n to‘rtinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi – o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 6-moddaning birinchi qismi:
uchinchi xatboshisidagi «shartlar» degan so‘z «reglamentlar» degan so‘z bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi «radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvali va radioaloqa milliy reglamentini» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvalini» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 7-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi «Vazirlar Mahkamasi huzuridagi hukumat aloqa» degan so‘zlar «Milliy xavfsizlik» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 8-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
«qonunga zid ravishda ishlayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni aniqlaydi»;
to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
5) 9-modda:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Foydalanuvchilarga muayyan radiochastotalar berish O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Radiochastota berish o‘ta muhim davlat ehtiyojlarini ta'minlash maqsadida o‘zgartirilishi mumkin»;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Radiochastota spektridan foydalanuvchining o‘z radiochastota spektridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishi taqiqlanadi»;
6) 13-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«foydalanilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan fuqarolarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligiga, shuningdek atrof muhit holatiga haqiqiy tahdid yuzaga kelganda»;
7) 14-moddaning birinchi qismidagi «texnik shartlar» degan so‘zlar «tashkilot standartlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 15-moddaning ikkinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlash markazi» degan so‘zlar «O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) quyidagi mazmundagi 181 va 182-moddalar bilan to‘ldirilsin:

«181-modda. Axborot xavfsizligini ta'minlash

Radiochastota spektridan foydalanishda foydalanuvchilar tomonidan axborot xavfsizligi choralari, shu jumladan:
uzatiladigan axborotdan ruxsatsiz foydalanish, aloqa tizimlaridan nazoratsiz foydalanish va ularning ishlashini to‘xtatib qo‘yish, shuningdek ulardan shaxs, jamiyat va davlatga zarar yetkazadigan maqsadlarda foydalanish istisno etilishini;
axborotni (ma'lumotlarni) uzatish jarayonida uning (ularning) maxfiyligi va yaxlitligini;
ruxsatsiz yoki bexosdan aralashuvga urinishlar bo‘lgan taqdirda aloqaning ishlash rejimi o‘zgarmasligini ta'minlovchi choralar ko‘rilishi kerak.

182-modda. Radioaloqaning maxfiyligi

Boshqa shaxs uchun mo‘ljallangan radioxabar qabul qilingan taqdirda uni qayd qilish, uning mazmunini va mavjudligi faktini oshkor etish, tarqatish yoki o‘zgartirish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Maxfiy axborotni, shu jumladan davlat sirlari mavjud bo‘lgan ma'lumotlarni axborotning sertifikatlashtirilgan kriptografik himoya vositalaridan foydalanmagan holda radioaloqa kanallari orqali uzatish taqiqlanadi.
Radiochastota organlari tomonidan amalga oshiriladigan radiochastota spektri monitoringi radioaloqaning maxfiyligini buzish hisoblanmaydi».

8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan «Temir yo‘l transporti to‘g‘risida»gi 766–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 5, 118-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 157-modda; 2011 yil, № 9, 246-modda) 25-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«25-modda. Ixtiyoriy va majburiy sug‘urta

Temir yo‘l transportining ishi sayyor xususiyatga ega bo‘lgan xodimlari, shuningdek o‘z lavozim vazifalarini hayot uchun xavfli sharoitlarda bajaruvchi xodimlar va harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalarining xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarish davrida majburiy shaxsiy sug‘urta qilinishi kerak.
Temir yo‘l transporti xodimlarining ayrim toifalarini majburiy shaxsiy sug‘urta qilish tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta qilish, shuningdek yuklar, bagaj va yuk bagajini ixtiyoriy sug‘urta qilish mumkin.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi».

9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 3 mayda qabul qilingan «Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ–97-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 5, 219-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 11-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
2) 15-moddaning birinchi qismidagi «ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno» degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 21 aprelda qabul qilingan «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O‘RQ–155-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 4, 191-modda; 2010 yil, № 9, 337-modda; 2011 yil, № 4, 99-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda) 8-moddasining birinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
«yo‘lovchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga ziyon yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararlarning o‘rnini tashuvchi tomonidan qoplash majburiyati»;
to‘qqizinchi – o‘n ikkinchi xatboshilar tegishincha o‘ninchi – o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.

11-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida»gi 866–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 6, 250-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy davlat sug‘urtasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida»gi 867–XII-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 6, 251-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 549–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 3, 38-modda) IX bo‘limi.

12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.

13-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 1, 4, 6, 8, 10 va 11-moddalari «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgan kundan e'tiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonunning 5-moddasi 2016 yilning 1 yanvaridan e'tiboran amalga kiritiladi.


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent shahri,
2015 yil 9 iyun
№ O‘RQ—388

 

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati