O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni


«Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida


Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 24 oktyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015 yil 15 mayda ma'qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘RQ–163-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, ¹ 7, 354-modda; 2009 yil, ¹ 9, 337-modda, ¹ 12, 464-modda; 2012 yil, ¹ 12, 336-modda; 2013 yil, ¹ 4, 98-modda, ¹ 10, 263-modda; 2014 yil, ¹ 1, 2-modda, ¹ 5, 130-modda, ¹ 9, 244-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.

3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.




O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent shahri,
2015 yil 3 iyun
№ O‘RQ—387

 

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati