O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

O‘zbekiston Respublikasining
Q O N U N I


O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida


Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 7 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014 yil 14 noyabrda ma'qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi223–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991 yil, № 4, 76-modda; 1992 yil, № 9, 363-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 4–5, 126-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 9, 330-modda) 11-moddasining beshinchi qismidagi «ikki oy muddatda» degan so‘zlar «bir oy muddatda» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi 657–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 9, 355-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 6, 118-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda; 2000 yil, № 7–8, 217-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2010 yil, № 9, 333-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda) 14-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yangi ozuqa qo‘shimchalarini, maxsus qo‘shiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish hamda ishlab chiqarishga ular zaharliligi va gigienasi jihatidan baholanganidan keyingina O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsati (xulosasi) bilan yo‘l qo‘yiladi».

3-modda. 1993 yil 7 mayda qabul qilingan 863–XII-sonli O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 6, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 3, 38-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 7, 350-modda; 2012 yil, № 9/2, 246-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 36-moddaning ikkinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi» degan so‘zlar «Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 38-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Havo kemasi turining sertifikati havo kemasi turining tuzilishini belgilaydigan va uning fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalariga muvofiqligini tasdiqlaydigan Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi tomonidan beriladigan hujjatdir»;

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Metrologiya to‘g‘risida»gi 1004–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, № 2, 48-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 4, 98-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 1-modda:

beshinchi xatboshisidagi «fizik» degan so‘z chiqarib tashlansin;

o‘ninchi xatboshisi «kalibrlash laboratoriyasi» degan so‘zlardan keyin «(markazi)» degan so‘z bilan to‘ldirilsin;

o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish» — metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining belgilangan akkreditatsiya qilish sohasida o‘lchovlarning yagona birligini ta'minlash bo‘yicha ishlarni bajarishga vakolatli ekanligining rasmiy jihatdan tasdiqlanishi;

«yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini, o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha kalibr­lash laboratoriyalarini (markazlarini) akkreditatsiya qilish» — yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining, kalibrlash laboratoriyalarining (markazlarining) belgilangan sohada o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha ishlarni bajarishga vakolatli ekanligining rasmiy jihatdan tasdiqlanishi»;

quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:

«sinov vositalarini metrologik attestatsiya qilish» — sinov vositalarining normalangan texnik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;

«sinov vositasi» — sinovlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, normalangan texnik tavsiflari bo‘lgan texnik qurilma, modda va (yoki) material»;

2) 4-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«metrologiya masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni qabul qilish, shu jumladan davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda qabul qilish»;

3) II bo‘limning nomidagi «FIZIK» degan so‘z chiqarib tashlansin;

4) 5-moddaning nomidagi, birinchi va uchinchi qismlaridagi «Fizik», «fizik» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

5) 6-moddaning nomidagi va birinchi qismidagi «Fizik» degan so‘z chiqarib tashlansin;

6) 7-moddaning:

nomi «va sinov vositalari» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

birinchi qismi «o‘lchov vositalari» degan so‘zlardan keyin «va sinov vositalari» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Texnika vositalarini o‘lchov vositalari va sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlarini «O‘zstandart» agentligi belgilaydi»;

7) 13-modda:

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: «sinov vositalari»;

to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

8) 14-moddaning ikkinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

9) 15-modda: birinchi qismining:

uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini va o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish»;

beshinchi xatboshisi «o‘lchov vositalarini» degan so‘zlardan keyin «sinov vositalarini» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin:

oltinchi xatboshisi «o‘lchovlarning» degan so‘zdan keyin «sinovlarning» degan so‘z bilan to‘ldirilsin;

ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi «fizik» degan so‘z chiqarib tashlansin;

10) 16-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiya qilish natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e'tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi»;

11) 17-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e'tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi»;

12) 171-modda:

ikkinchi qismidagi «yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga» degan so‘zlar «yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga, akkreditatsiya qilingan kalibrlash laboratoriyalariga (markazlariga)» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini, kalibrlash laboratoriyalarini (markazlarini) o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha ­ishlarni bajarish uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o‘tkazish tartibi «O‘zstandart» agentligi tomonidan belgilanadi»;

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini kalibrlash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e'tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi»;

13) 181-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«181-modda. Yuridik shaxslarni metrologiya ishlarini va xizmatlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lish uchun akkreditatsiya qilish

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda ­tutilgan sohada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarining, sinov ­vositalarining, o‘lchovlar bajarilishi uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini o‘tkazish, o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish, kalibr­lash, sinash huquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik shaxs­larni akkreditatsiya qilish belgilangan tartibda «O‘zstandart» agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda ­tutilgan sohada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarining, sinov ­vositalarining, o‘lchovlar bajarilishi uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini, o‘lchov ­vositalarini tekshiruvdan o‘tkazishni, kalibrlashni, sinashni amalga oshiruvchi akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyatining inspeksiya nazorati belgilangan tartibda «O‘zstandart» agentligi tomonidan amalga oshiriladi»;

14) 20-moddaning:

oltinchi xatboshisidagi «normativ hujjatlarni» degan so‘zlar «normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

to‘qqizinchi xatboshisidagi «fizik» degan so‘z chiqarib tashlansin;

15) 21-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O‘lchov vositalarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, o‘lchovlar bajarilishining uslubiyotlarini attestatsiya qilish, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligi hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, o‘lchovlar va sinovlar bajarilishining sifatini baholashga doir metrologiya ishlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, shuningdek metrologiya faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan boshqa turlari uchun haq tuziladigan shartnomalar shartlariga muvofiq manfaatdor shaxslar tomonidan to‘lanadi».

5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Mahsulotlar va xizmatlarni certifikatlashtirish to‘g‘risida»gi 1006–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, № 2, 50-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 7–8, 217-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 157-modda, № 10, 536-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) muqaddima «boshqa ob'ektlarni» degan so‘zlardan keyin «shu jumladan ishlab chiqarish jarayonlarini, menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash sohasida xodimlar sifatida ishtirok etishga talabgor mutaxassislarni» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

2) 1-moddaning:

oltinchi xatboshisidagi «bir turdagi» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

yettinchi — o‘ninchi xatboshilari quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

«sifat bo‘yicha ekspert-auditor» — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakaga ega bo‘lgan mutaxassis;

«sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organi» — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan sertifikatlashtirish organlarining topshirig‘iga ko‘ra inspeksiya nazoratini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;

«sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazorati» — sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning sertifikatlashtirilayotganda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni davriy takroriy baholash tartib-taomili»;

3) 5-modda:

ikkinchi qismining oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

«sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning, attestatsiyadan o‘tkazilgan sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarning davlat reestrlarini yuritadi;

majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari buzilganligi uchun muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik belgilarining amal qilishini to‘xtatib turadi hamda ularni bekor qiladi»;

uchinchi qismidagi «davlat byudjeti» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi qismining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi «Bir turdagi» va «bir turdagi» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

beshinchi qismi chiqarib tashlansin;

oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;

oltinchi qismidagi «bir turdagi» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

4) 6-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Mahsulotlar, shu jumladan dasturiy va bosh­qa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar sertifikatlashtirish ob'ektidir.

«O‘zstandart» agentligi, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organlari, sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar, muvofiqlikni baholash faoliyatida ishtirok etadigan xodimlar, shuningdek mahsulotlari sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish sub'ektlaridir»;

5) 7-moddaning:

ikkinchi qismidagi «akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarning» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

beshinchi qismidagi «hamda sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarini» degan so‘zlar chiqarib tashlansin

6) 8-moddaning birinchi qismidagi «Bir turdagi» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

7) 11-moddaning birinchi qismidagi «nazorat yo‘sinidagi tekshiruvni va sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan nazoratni» degan so‘zlar «sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazoratini» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

8) 15-moddaning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish ishlari davlat tomonidan moliyalashtirilishi kerak»;

9) 16-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«16-modda. Majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidandavlat nazorati

Majburiy sertifikatlashtirish talablariga tayyorlovchilar (tadbirkorlar, sotuvchilar, ijrochilar) tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda «O‘zstandart» agentligining davlat inspektorlari amalga oshiradi»;

10) 161-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazorati muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlashtirish organlari yoki sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organlari tomonidan amalga oshiriladi».

6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Bankrotlik to‘g‘risida»gi 1054–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan 474–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 5, 63-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 414-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010 yil, № 9, 337-modda; 2011 yil, № 10, 270-modda; 2012 yil, № 12, 334-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 103-modda to‘rtinchi qismining ikkinchi jumlasidagi «oltinchi» degan so‘z «to‘rtinchi» degan so‘z bilan almashtirilsin;

2) 133-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Garovga qo‘yilgan mol-mulkni (garov narsasini) realizatsiya qilish bo‘yicha ochiq kimoshdi savdosi va (yoki) takroriy ochiq kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, mazkur mol-mulk talablari garov bilan ta'minlangan kreditorlarga belgilangan tartibda qabul qilish uchun taklif etiladi. Agar qabul qilingan garovga qo‘yilgan mol-mulkning (garov narsasining) qiymati kreditorlarning garov bilan ta'minlangan talablaridan ko‘p bo‘lsa, bunda yuzaga kelgan farq mazkur mol-mulkni qabul qilayotgan kreditorlar tomonidan pul shaklida qoplanadi»;

uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;

3) 134-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Navbatdan tashqari — sud xarajatlari, sud boshqaruvchilariga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, joriy kommunal to‘lovlar va foydalanish to‘lovlari, qarzdorning mol-mulkini sug‘urta qilish xarajatlari qoplanadi, shuningdek qarzdorning bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganidan keyin yuzaga kelgan majburiyatlar bo‘yicha talablar hamda qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘lsa, shu fuqaroning talablari qondiriladi.

Birinchi navbatda — ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov (ijro) hujjatlari bo‘yicha, alimentlar undirish to‘g‘risidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‘larini o‘tkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq to‘lash bo‘yicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlardan va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi to‘lovlar hamda talablar bo‘yicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta'minlaydigan talablar, shuningdek fuqarolarning jinoyat yoki ma'muriy huquqbuzarlik oqibatida o‘z mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga doir talablari qondiriladi.

Ikkinchi navbatda — majburiy to‘lovlar bo‘yicha, majburiy sug‘urta bo‘yicha, banklarning kreditlari va bank kreditlari sug‘urtasi bo‘yicha talablar, shuningdek kreditorlarning garov bilan ta'minlangan talablarining garovga qo‘yilgan mol-mulkni (garov narsasini) sotishdan tushgan summa yetarli bo‘lmaganligi oqibatida qoplanmay qolgan qarzdorlikka taalluqli qismi hamda kreditorlarning garov bilan ta'minlanmagan talablari qondiriladi.

Uchinchi navbatda — aksiyalar egalarining hisoblangan dividend­lar bo‘yicha talablari qondiriladi.

To‘rtinchi navbatda — qolgan barcha talablar qondiriladi.

Har qaysi keyingi navbat bo‘yicha talablar oldingi navbat talablari to‘la qanoatlantirilganidan keyin qondiriladi.

Undirib olinayotgan summa bir navbatning barcha talablarini to‘la qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, bu talablar har bir undiruvchi olishi lozim bo‘lgan summaga mutanosib ravishda qondiriladi.

Oxirgi to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida rasmiy nashrda maxsus xabar e'lon qilinadi.

Mol-mulk qiymatining kreditorlar talablari qondirilganidan va bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritish xarajatlari to‘langanidan keyingi qoldig‘ini, shuningdek tugatish jarayonida sotilmay qolgan mol-mulkni tugatilayotgan qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki tugatilayotgan qarzdor mol-mulkining egasi oladi, ushbu Qonunning 143-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Mol-mulk yetmaganligi uchun qondirilmagan qarz majburiyatlari qanoatlantirilgan deb hisoblanadi»;

4) 142-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisidagi «1421 va 143-moddalarida» degan so‘zlar «143-moddasida» degan so‘z bilan almashtirilsin;

5) 1421-modda chiqarib tashlansin;

6) 143-moddaning ikkinchi qismidagi «majburiy to‘lovlar va moliyaviy sanksiyalar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmagan» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

7) 183-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Kreditorlarning talablari quyidagi navbat bo‘yicha qondiriladi:

birinchi navbatda — aliment undirish to‘g‘risidagi talablar, shuningdek mehnatga haq to‘lashga oid va mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lashga oid hisob-kitoblar nazarda tutilgan talablar;

ikkinchi navbatda — majburiy to‘lovlar bo‘yicha talablar, kreditorlarning garov bilan ta'minlangan talablarining garovga qo‘yilgan mol-mulkni (garov narsasini) sotishdan tushgan summa yetarli bo‘lmaganligi oqibatida qoplanmay qolgan qarzdorlikka taalluqli qismi va kreditorlarning garov bilan ta'minlanmagan talablari;

uchinchi navbatda boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar amalga oshiriladi».

7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda) 144-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«144-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunhujjatlarini buzish

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta'minlamaganlik yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, xuddi shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, — eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a'zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a'zolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan ta'qib etish, — eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».

8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 43-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«43-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunhujjatlarini buzish

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta'minlamaganlik — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;

2) 2411-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, ya'ni tadbirkorlik faoliyati sub'ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat xizmati ko‘rsatishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini va muddatlarini buzish, tadbirkorlik faoliyati sub'ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish yoki uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash, davlat xizmati ko‘rsatishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish yoxud uni ko‘rsatishdan bo‘yin tovlash, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, tadbirkorlik faoliyati sub'ektining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotlarni, shuningdek o‘zga hujjatlarni talab qilib olish yoxud nazarda tutilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish, xuddi shuningdek uning mustaqilligini boshqacha tarzda cheklash yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzda qonunga xilof ravishda aralashish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;

3) 2412-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi».

9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi 154–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 247-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 496-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda) 40-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi «banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga» degan so‘zlar «banklarga» degan so‘z bilan almashtirilsin.

10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda) 53-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi «dehqon va fermer xo‘jaliklari» degan so‘zlardan keyin «nodavlat notijorat tashkilotlari» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.

11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi 398–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan 815–I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 9, 212-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 12, 591-modda; 2010 yil, № 12, 466-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) 9-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Tabiiy monopoliya sub'ektlari faoliyati ustidan davlat nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

Monopoliyaga qarshi davlat organi:

iste'molchilarga realizatsiya qilinadigan tovarlarning hajmlari bo‘yicha shartnomalarga rioya etilishi ustidan;

tovarlar narxini belgilash hamda narxlarni (tariflarni) qo‘llash tartibiga rioya etilishi ustidan;

tabiiy monopoliya sub'ektlarining tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi».

12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan 477–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, 9-songa ilova; 2001 yil, № 1–2, 11-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda; 2008 yil, № 4, 185-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 332-modda; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 335-modda; 2011 yil, № 4, 104-modda; 2012 yil, № 9/2, 244-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 93-modda quyidagi mazmundagi 6-band bilan to‘ldirilsin:

«6) ushbu Kodeksning 65 va 390-moddalariga muvofiq sud tomonidan sud topshirig‘i yuborilgan bo‘lsa»;

2) 94-modda quyidagi mazmundagi 9-band bilan to‘ldirilsin:

«9) ushbu Kodeksning 93-moddasi 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud topshirig‘ini ijro etish bo‘yicha harakatlar tugaguniga qadar»;

3) 131-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:

«O‘ta murakkab ishlar bo‘yicha mazkur muddat sudyaning asoslantirilgan ajrimiga ko‘ra ikki oygacha uzaytirilishi mumkin, ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ishlar bundan mustasno»;

4) 331-moddaning birinchi qismidagi «yigirma kundan» degan so‘zlar «bir oydan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

5) 368-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Hal qiluv qapopini, ajpimni yoki qapopni yangi ochilgan holatlap bo‘yicha qayta ko‘pish haqidagi apizani qanoatlantirish yoki pad qilish to‘g‘pisidagi sud ajpimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy ppotest keltirilishi mumkin».

13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan 548–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 2, 36-modda; 1999 yil, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008 yil, № 4, 178-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2010 yil, № 9, 337-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) 31-moddasi birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalar uchun — qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslari vakolatli organ bilan kelishilgan bo‘lsa, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalar uchun — tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmasligi haqida vakolatli organning xulosasi mavjud bo‘lsa».

14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi 763–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 5, 115-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2012 yil, № 4, 106-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 22-moddaning to‘rtinchi qismidagi «notarial tartibda tasdiqlangan» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

2) 23-moddaning matnidagi «ikki oylik muddat» degan so‘zlar «bir oylik muddat» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi 69–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda qabul qilingan O‘RQ–328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 5, 133-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 5-modda birinchi qismi 3-bandining:

ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

«qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ikki yuz kishi;

metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi»;

uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) quyidagi mazmundagi 181-modda bilan to‘ldirilsin:

«181-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari uchun noqulay bo‘lgan qonun hujjatlaridagi o‘zgartishlardan kafolatlar

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilining murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan qonun hujjatlari rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qonun hujjatlarida ularning (yoki ular qismlarining) kuchga kirish muddati ko‘rsatilishi kerak»;

3) 30-modda: quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan, tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan, ularning rasmiy veb-saytlarida Internet jahon axborot tarmog‘i orqali e'lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning talablarini buzganlik uchun tadbirkorlik faoliyati sub'ektlariga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi»;

ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.

16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi 71–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5–6, 142-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda,
№ 10, 536-modda; 2011 yil, № 9, 245-modda; 2013 yil, № 4, 9-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 14-modda:

birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«litsenziyalovchi organ litsenziya da'vogarining arizasini ko‘rib chiqishi uchun litsenziya da'vogari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yig‘im to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat»;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar litsenziya da'vogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da'vogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi»;

2) quyidagi mazmundagi 141-modda bilan to‘ldirilsin:

«141-modda. Faoliyatning ayrim turlarini «bir darcha» prinsipi bo‘yicha litsenziyalash

Litsenziyalovchi organ faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashi uchun boshqa tashkilotlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olishi talab qilingan hollarda, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash soddalashtirilgan tartibda «bir darcha» prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda litsenziyalovchi organ mazkur hujjatlarni mustaqil ravishda, tadbirkorlik sub'ektining ishtirokisiz oladi»;

3) 15-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Litsenziyalovchi organ litsenziya da'vogarining arizasini ko‘rib chiqqanligi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yig‘im undiriladi»;

4) 20-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi».

17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 31 avgustda qabul qilingan «Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida»gi 116–II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 7–8, 208-modda) 8-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«o‘simliklarni himoya qilish vositalarining yaroqsizlarini, chiqindilarni va idishlarni ko‘mib tashlash jarayonida ishtirok etadi».

18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi 160–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 24 dekabrda qabul qilingan O‘RQ–342-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ­palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 12, 333-modda) 24-moddasi quyidagi mazmundagi o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Qonunda nazarda tutilgan hollarda normativ-huquqiy hujjatda uning (yoki uning qismlarining) kuchga kirish muddati ko‘rsatilishi kerak».

19-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan «Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi 222–II-sonli Qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 6–7, 105-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009 yil, № 9, 330-modda; 2010 yil, № 9, 335, 341-moddalar, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 12/2, 364-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda) 1-ilovasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) o‘ttiz birinchi xatboshisidagi «boshqa yuridik va jismoniy shaxslar» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

2) elliginchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish»;

3) ellik birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

ellik ikkinchi — ellik to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha ellik birinchi — ellik sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.

20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 2 oktyabrda qabul qilingan «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi O‘RQ–117-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 10, 472-modda) 14-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Agar umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘li bilan tutashgan yoki kesishgan avtomobil yo‘li shaharsozlik normalari va qoidalari buzilgan holda qurilgan bo‘lsa, maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi uni qayta qurish haqida yoxud hududni dastlabki holatiga keltirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli».

21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan O‘RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 180-modda birinchi qismining 8-bandidagi «gastrol-konsert» degan so‘z «konsert-tomosha» degan so‘z bilan almashtirilsin;

2) 335-moddaning ikkinchi qismi «davlat korxonalarinegizida tuzilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini» degan so‘zlardan keyin «O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida bo‘linmalarini (vakolatxonalari va filiallarini)» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

3) 63-bobning nomidagi «Gastrol-konsert» degan so‘z «Konsert-tomosha» degan so‘z bilan almashtirilsin;

4) 388-moddaning:

birinchi qismidagi «gastrol-konsert» degan so‘z «konsert-tomosha» degan so‘z bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi «Gastrol-konsert» degan so‘z «Konsert-tomosha» degan so‘z bilan almashtirilsin;

5) 389-moddaning nomidagi, birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlaridagi «Gastrol-konsert» va «gastrol-konsert» degan so‘zlar tegishincha «Konsert-tomosha» va «konsert-tomosha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

6) 390-moddaning nomidagi, birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlaridagi «Gastrol-konsert» va «gastrol-konsert» degan so‘zlar tegishincha «Konsert-tomosha» va «konsert-tomosha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 20 dekabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘RQ–341-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 12, 332-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 22-moddaning uchinchi qismidagi «uch ish kunidan» degan so‘zlar «bir ish kunidan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 23-moddaning beshinchi qismidagi «uch kundan» degan so‘zlar «bir ish kunidan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

23-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonunning 6-moddasi 2015 yil 1 yanvardan e'tiboran amalga kiritiladi.



O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent shahri,
2014 yil 11 dekabr
№ O‘RQ—381

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati