O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

O‘zbekiston Respublikasining
Q O N U N I


«Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida


Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 29 oktyabrda qabul qilingan 
Senat tomonidan 2014 yil 13 noyabrda ma'qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi 719–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, ¹ 1, 10-modda; 2004 yil, ¹ 1–2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, ¹ 10, 536-modda; 2008 yil, ¹ 12, 640-modda; 2012 yil, ¹ 12, 336-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). 

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.

3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.



O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent shahri,
2014 yil 9 dekabr
№ O‘RQ—380

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati