O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

O‘zbekiston Respublikasining
Q O N U N I


Soliq va byudjet siyosatining 2015 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida


Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 6 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014 yil 14 noyabrda ma'qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi 938–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, №9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, №12, 269-modda; 1997 yil, № 4–5, 126-modda; 1998 yil, №9, 181-modda; 1999 yil, № 5, 112-modda; 2001 yil, №5, 89-modda; 2002 yil, №4–5, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, №5, 152-modda; 2007 yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008 yil, №12, 640-modda; 2010 yil, №5, 178-modda, №9, 334-modda, №12, 472-modda; 2012 yil, №1, 4-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«5-modda. Harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarining, sudyalarning va prokuratura organlari darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarining pensiya ta'minoti

Harbiy xizmatchilarni, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarini, sudyalarni va prokuratura organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning oila a'zolarini pensiya bilan ta'minlash shartlari, normalari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ularga ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarda pensiya olish huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslari, sudyalar va prokuratura organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlari pul ta'minotining barcha turlari fuqarolarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi»;
2) 26-moddaning «a», «b», «g» va «d» bandlaridagi «eng kam oylik ish haqining» degan so‘zlar «yoshga doir eng kam pensiyaning» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 28-moddaning «z» bandidagi «Ulug‘ Vatan urushi yillarida» degan so‘zlar «1941–1945 yillardagi urush davrida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 29-modda ikkinchi qismining ikkinchi – oltinchi xatboshilaridagi «eng kam oylik ish haqining» degan so‘zlar «yoshga doir eng kam pensiyaning» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 30-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Pensiya so‘rab murojaat etgan kishilarga ushbu Qonunning 28-moddasi «a» yoki «b» bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning «i»–«m» bandlarida ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanishi mumkin.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha ushbu Qonunning 28-moddasi «g», «d» yoki «e» bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning «j» – «m» bandlarida ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanishi mumkin»;
6) 31-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat'i nazar, mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili davomidagi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi»;
7) 36-modda:
moddaning matni «ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi»;
8) 37-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi «i» band bilan to‘ldirilsin:
«i) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan, lekin 10 yildan oshmagan davr»;
ikkinchi va uchinchi qismlaridagi «e» – «z» bandlarda» degan so‘zlar «d» – «i» bandlarda» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 38-moddaning «b» bandidagi «Ulug‘ Vatan urushi yillarida (1941 yil 22 iyundan 1945 yil 9 mayga qadar)» degan so‘zlar «1941–1945 yillardagi urush davrida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 40-modda:
birinchi qismi «ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning chet elda ishlagan davrini mehnat stajiga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi»;
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
11) 59-moddaning birinchi qismidagi «uch yildan» degan so‘zlar «o‘n ikki oydan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 63-moddaning to‘rtinchi qismidagi «ikki oylik pensiya miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining uch barobaridan oz bo‘lmagan miqdorda» degan so‘zlar «eng kam oylik ish haqining to‘rt barobari miqdorida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, №3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, №9, 193-modda, №12, 269-modda; 1996 yil, №5–6, 69-modda, №9, 144-modda; 1997 yil, №2, 56-modda, №4–5, 126-modda, №9, 241-modda; 1998 yil, №3, 38-modda, №5–6, 102-modda, №9, 181-modda; 1999 yil, №1, 20-modda, №5, 124-modda, №9, 229-modda; 2000 yil, №5–6, 153-modda, №7–8, 217-modda; 2001 yil, №1–2, 23-modda, №9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, №1, 20-modda, №9, 165-modda; 2003 yil, №1, 8-modda, №5, 67-modda, №9–10, 149-modda; 2004 yil, №1–2, 18-modda, №5, 90-modda, №9, 171-modda; 2005 yil, №1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, №9, 312-modda, №12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, №6, 261-modda, №9, 498-modda, №10, 536-modda, №12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, №4, 158, 159, 164, 165-moddalar, №9, 416, 421-moddalar, №12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, №4, 181, 189, 192-moddalar, №9, 486, 488-moddalar, №12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, №1, 1-modda, №9, 334, 335, 337-moddalar, №10, 380-modda, №12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, №5, 175, 179-moddalar, №6, 231-modda, №9, 335, 339, 341-moddalar, №10, 380-modda, №12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, №1, 1-modda, №4, 104, 105-moddalar, №9, 247, 252-moddalar, №12/2, 365-modda; 2012 yil, №4, 108-modda, №9/1, 242-modda, №12, 336-modda; 2013 yil, №4, 98-modda, №10, 263-modda; 2014 yil, №1, 2-modda, №5, 130-modda, №9, 244-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
1)175-modda quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
«Soliq to‘lovchi tomonidan byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik, –
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, –
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
2) 264-moddaning birinchi qismidagi «175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida» degan so‘zlar «175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

3-modda.O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi 69–II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda qabul qilingan O‘RQ–328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 5, 133-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) 5-moddasi beshinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi «20» raqami «50» raqami bilan almashtirilsin.

4-modda.O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan O‘RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda, №12, 349-modda; 2014 yil, №1, 2-modda, №9, 244-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida ko‘rsatilmagan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, agar bu hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi»;

2) 45-modda:
to‘rtinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Soliq to‘lovchilar, agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotini o‘z xohishlariga ko‘ra quyidagicha taqdim etishga haqli»;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Tadbirkorlik sub'ektlari soliq hisobotini telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida taqdim etadi»;
beshinchi – o‘n birinchi qismlari tegishincha oltinchi – o‘n ikkinchi qismlar deb hisoblansin;
3) 54-moddaning uchinchi qismi «Yuridik shaxslar» degan so‘zlardan keyin «va yakka tartibdagi tadbirkorlar» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 56-moddaning birinchi qismidagi «taqdim etilgan soliq hisoboti asosida aniqlanadigan» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
5) 64-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Ushbu Kodeks 61-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichida soliq qarzini uzmagan yuridik shaxslar soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani olgan kundan e'tiboran o‘n kun ichida davlat soliq xizmati organlariga debitorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini yoxud to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida yozma bildirish taqdim etishi shart.
Davlat soliq xizmati organlari debitorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini olgan kundan e'tiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlaridan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summaga qaratadi»;
ikkinchi – to‘qqizinchi qismlari tegishincha uchinchi – o‘ninchi qismlar deb hisoblansin;
oltinchi qismidagi «to‘rtinchi» degan so‘z «beshinchi» degan so‘z bilan almashtirilsin;
yettinchi qismi oltinchi xatboshisidagi «uchinchi» degan so‘z «to‘rtinchi» degan so‘z bilan almashtirilsin;
6) 79-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Soliq to‘lovchida u hisobga qo‘yilganidan keyin yer solig‘i, mol-mulk solig‘i yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash bo‘yicha majburiyati hisobga qo‘yilgan joydan tashqarida yuzaga kelgan taqdirda, soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 81-moddasiga muvofiq soliq solish ob'ekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida ob'ekt bo‘yicha hisobga qo‘yilishi kerak»;
7) 81-moddaning:
ikkinchi qismi «er solig‘i» degan so‘zlardan keyin «mol-mulk solig‘i» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Hisobga qo‘yilmagan joydagi yer solig‘ini, mol-mulk solig‘ini yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash majburiyati yuzaga kelgan soliq to‘lovchi tegishli yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e'tiboran yoxud mol-mulk solig‘i yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish ob'ekti vujudga kelgan kundan e'tiboran o‘n kun ichida soliq solish ob'ektlarini ular joylashgan yerda hisobga qo‘yish uchun davlat soliq xizmati organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat etishi kerak»;
8) 84-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar har yili 1 fevralgacha o‘zlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mulk, uning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risida 1 yanvar holatiga ko‘ra ma'lumot berishi, shuningdek yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar yil davomida yuzaga kelganda – mazkur ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e'tiboran o‘n kun ichida ma'lum qilishi shart»;
9)130-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Mol-mulkni ijaraga berishdan foizlar, royalti, daromadlar olish imkonini beruvchi mol-mulkni va mulkiy huquqlarni boshqa shaxslarga foydalanishga berish, shuningdek talab qilish huquqidan boshqa shaxsning foydasiga voz kechishdan olingan daromadlar, agar ushbu daromadlar summasi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarning umumiy summasidan ortiq bo‘lsa, xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar deb e'tirof etiladi. Mazkur norma notijorat tashkilotlarga tatbiq etilmaydi, ular uchun ushbu daromadlar boshqa daromadlar sifatida qaraladi»;
10) 132-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Boshqa daromadlarga, agar ushbu Kodeks 130-moddasining beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi»;
11) 145-moddaning:
32-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«32) ixtiyoriy sug‘urta uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini qo‘shgan holda tushgan tushum hajmining 2 foizi doirasidagi sug‘urta mukofotlari (badallari), yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxslar foydasiga to‘lanadigan sug‘urta mukofotlari (badallari), agar ushbu moddaning 33-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bundan mustasno»;
33-bandidagi «mol-mulkni sug‘urta qilish va» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
34-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«34) sug‘urtaning majburiy turlariga sug‘urta mukofotlari (badallari)»;
12) 146-modda birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«4) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya summasi bilan ushbu Kodeksning 144-moddasiga muvofiq belgilangan normalar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi ijobiy farq»;
13) 147-moddaning 3-bandidagi «ajratmalar» degan so‘z «sug‘urta mukofotlari (badallari)» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 155-moddaning o‘n uchinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasining norezidentiga dividendlar, foizlar va royalti tarzida daromadlarni to‘lash» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasining norezidentiga daromadlarni to‘lash, ushbu modda uchinchi qismining 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan daromadlar bundan mustasno» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 158-modda birinchi qismining 2 va 3-bandlari chiqarib tashlansin;
16) 171-modda ikkinchi qismining 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«13) O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash bo‘yicha to‘lanadigan sug‘urta mukofotlari. Hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda va sug‘urtalovchi sug‘urta qilinuvchiga sug‘urta mukofotining bir qismini yoki hammasini qaytarsa, qaytarilgan sug‘urta mukofoti miqdori jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami daromadi tarkibiga kiritiladi»;
17) 179-moddaning:
19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«19) dividendlar tarzida olingan va dividend to‘lagan yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo‘naltirilgan daromadlar. Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyoz qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilganda (chiqib ketilganda) yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlanganda ilgari soliq solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asoslarda soliq solinishi kerak»;
28-bandidagi «mol-mulkni sug‘urta qilish hamda» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
18) 187-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«1) asosiy bo‘lmagan ish joyidan daromadlar olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda, soliq davri tugaganidan so‘ng o‘ttiz kun ichida davlat soliq xizmati organlariga ma'lumotnoma taqdim etishi shart. Ma'lumotnomada quyidagilar aks ettiriladi:
soliq to‘lovchining – jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami;
soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi manzili;
o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha daromadlarning umumiy summasi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan umumiy summasi;
soliq agentining identifikatsiya raqami;
soliq agentining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili).
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari bo‘yicha, ularning olingan joyidan qat'i nazar, ma'lumotnoma taqdim etilmaydi:
dividendlar, foizlar tarzidagi daromadlar;
ushbu Kodeksning 181-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining belgilangan eng kam stavkasi bo‘yicha soliq solinadigan daromadlar;
jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida belgilangan eng yuqori stavka bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadigan daromadlar»;
19) 208-modda quyidagi mazmundagi 37-band bilan to‘ldirilsin:
«37) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra tijorat banklari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan qurilayotgan ko‘chmas mulk ob'ektlari»;
20) 211-modda 6-bandining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Mazkur imtiyoz olib kirilayotgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ham ishlab chiqarilayotgan tayyor dori vositalariga va tibbiyot (veterinariya) uchun mo‘ljallangan buyumlarga tatbiq etilmaydi»;
21) 217-moddaning matnidagi «gaz ta'minoti» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
22) 223-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Hisobot davri quyidagilardir:
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘laydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun – yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun – bir oy»;
23) 225-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa – yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan – har oyda hisobot davridan keyingi oyning
25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi»;
24) 240-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi – beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Soliq to‘lovchilar soliq davri mobaynida joriy to‘lovlarni kiritish orqali aksiz solig‘ini to‘laydilar.
Aksiz solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarning summasini aniqlash uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davri uchun aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilishning taxmin qilinayotgan hajmi hamda aksiz solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan aksiz solig‘ining summasi haqida ma'lumotnoma taqdim etadilar.
Aksiz solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar har oyning 25-kunidan kechiktirmay yil choragi bo‘yicha aksiz solig‘i summasining uchdan bir qismi miqdorida to‘lanadi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilishning taxmin qilinayotgan hajmidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan aksiz solig‘i summasi soliq davri uchun byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan aksiz solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan aksiz solig‘ining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli.
Aksiz solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi»;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
25) 254-moddaning birinchi qismidagi «huquqini olgan» degan so‘zlar «huquqini olishda» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
26) 264-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
«Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha majburiyatlari soliq davri mobaynida yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e'tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadilar»;
27) 271-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
«Agar ko‘chmas mulk soliq to‘lovchining soliq bo‘yicha hisobga olish joyida joylashmagan bo‘lsa, hisob-kitob ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi»;
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Joriy to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining 10 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e'tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay, davlat soliq xizmati organlariga mo‘ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (tegishli yil uchun mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan (o‘rtacha yillik qiymatidan) va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani taqdim etadilar. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha majburiyatlari soliq davrida yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e'tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadilar»;
28) 277-modda:
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi – o‘n ikkinchi qismlari tegishincha ikkinchi – o‘n birinchi qismlar deb hisoblansin;
29) 282-modda birinchi qismining 3-bandi chiqarib tashlansin;
30) 286-modda uchinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
31) 290-modda birinchi qismining:
9-bandi chiqarib tashlansin;
10-bandidagi «va dehqon xo‘jaligi yuritish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
32) 296-modda quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
«sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta summasi) tariqasida olingan mablag‘lar summasiga;
byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzning qonun hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarilgan summasiga»;
33) 301-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to‘lovchilar oxirgi iste'molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardir»;
34) 306-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
«Bunda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta badallarining soliq solish ob'ekti ularning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilguniga qadar oxirgi ish joyi bo‘yicha olingan, O‘zbekiston Respublikasida byudjet muassasalari xodimlari uchun ish haqi oshirilishi hisobga olingan holda qayta hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi»;
35) 308-modda:
birinchi qismining 5-bandi chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yagona ijtimoiy to‘lov quyidagilarga nisbatan hisoblab chiqarilmaydi:
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta'minotiga, pul mukofotlariga va boshqa to‘lovlarga;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, umumiy yurisdiksiya sudlarining va xo‘jalik sudlarining sudyalari, shuningdek prokuratura organlarining mansab darajalariga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlariga»;
36) 311-modda:
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a'zolari tomonidan sug‘urta badallarini to‘lash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi»;
oltinchi – to‘qqizinchi qismlari tegishincha yettinchi – o‘ninchi qismlar deb hisoblansin;
o‘ninchi qismidagi «sakkizinchi» degan so‘z «to‘qqizinchi» degan so‘z bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning sug‘urta badallarini to‘lash bo‘yicha majburiyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Sug‘urta badallarini to‘lash ushbu Kodeks 310-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi»;
37) 316-modda ikkinchi qismining:
to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshisi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
38) 324-moddaning 3-bandi chiqarib tashlansin;
39) 349-modda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
«qonun hujjatlarida belgilangan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq»;
oltinchi – o‘n birinchi xatboshilari tegishincha yettinchi – o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
40) 354-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yagona soliq to‘lovini to‘lashdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan soliq to‘lovchilar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan birinchi chorak uchun foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi»;
41) 355-modda ikkinchi qismi 1-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«1) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qo‘shilgan qiymat solig‘ini, aksiz solig‘ini va transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni chegirgan holda (ushbu soliqlarni to‘laydigan soliq to‘lovchilar uchun) realizatsiya qilishdan tushgan tushum»;
42) 356-modda ikkinchi qismining 1-bandi chiqarib tashlansin;
43) 363-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yagona yer solig‘ini to‘lashdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan soliq to‘lovchi umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan soliq davrining birinchi choragi uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi»;
44) 367-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
45) 369-modda beshinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
46) 375-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
«Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik sub'ekti qat'iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘laydi.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o‘n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan e'tiboran qat'iy belgilangan soliqni to‘lashdan olti oy muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tilgan paytdan boshlab o‘n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan taqdirda, qat'iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to‘lanadi».

5-modda. Ushbu Qonun 2015 yil 1 yanvardan e'tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 4-moddasining 15, 17, 29, 31-bandlari, 35-bandining ikkinchi xatboshisi, 38 va 44-bandlari 2015 yil 1 apreldan e'tiboran amalga kiritiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
I. KARIMOV

Toshkent shahri,
2014 yil 4 dekabr
№ O‘RQ—379

Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati