O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati O'zbekcha | Русский | English | Français | Deutsch | Español | العربية | 中文
 

o'zb | рус | eng

Elektron pochtalar:

 

Senat Qo'mitalari

Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko'rib chiqish va tayyorlash, O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Senat shakllanganidan keyin uning vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan rais, uning o'rinbosari va a'zolardan iborat tarkibda qo'mitalar saylanadi.
Senat qo'mitalarining barcha a'zolari teng huquqlardan foydalanadilar.
Qo'mita tarkibiga saylanmagan senator uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli.
Senat qo'mitalari Senat oldida mas'ul va unga hisobdordir.

Senat qo'mitalari:

  1. Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma'qullash uchun topshirilgan qonunlar yuzasidan xulosalar beradi;
  2. o'zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan o'z tashabbusi bilan va Senatning topshirig'iga binoan Senat hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi;
  3. qonunni majlis kun tartibiga kiritish yoki uning ustida ishlashni davom ettirish yoxud asoslantirilgan holda uni rad etish to'g'risida Kengashga takliflar kiritadi;
  4. O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti loyihasi yuzasidan xulosalar va takliflar beradi;
  5. davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistika ma'lumotlari va boshqa ma'lumotlarni talab qilib oladi;
  6. Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan qonunlarni ko'rib chiqish bo'yicha ishchi guruhlari tuzadi, ularning ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning rahbarlarini jalb etadi;
  7. kiritilgan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek Senat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar matniga o'zgartish yoki qo'shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
  8. davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Senat hujjatlari hamda qo'mitalarning qarorlari ular tomonidan qanday bajarilayotgani haqida axborotlarini eshitadi.

Senat qo'mitalari ishni o'z rejalariga, shuningdek Senat, uning Raisi va Kengashi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi.
Senat qo'mitalarining faoliyati tartibi Senat Reglamentida belgilanadi.

Senat qo'mitalarining majlislari Senat majlislari oralig'ida zaruratga qarab o'tkaziladi.
Senat qo'mitalarinih majlislari, agar ularda qo'mita a'zolarining kamida yarmi hozir bo'lsa, vakolatli hisoblanadi.
Senat qo'mitalarining majlislari ochiq o'tkaziladi. Zarurat bo'ganida Senat qo'mitalari yopiq o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilishi mumkin.
Qo'mitalarning majlislarifa davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televidenie, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.

Senat qo'imatalari ko'rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qo'mita jami a'zolarining ko'pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Senat qo'mitalarining davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan ko'rib chiqilishi shart, natijalari yoki ko'rilgan choralar to'g'risida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan bo'lmasa, uzog'i bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak.

Sayt haqida Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Manzil: 100078, Toshkent sh., Mustaqillik maydoni, 6 uy.
Telefon: +998 (71) 238-2638
E-mail: senat (at) tps.uz