O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

o'zb | рус | eng

Yangiliklar


Senat Komissiyalari

Senat muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin.
Komissiya Senat majlisida senatorlar orasidan komissiya raisi va a'zolari, zarurat bo'lganda esa komissiya raisining o'rinbosaridan iborat tarkibda tuziladi.
Ayni paytda komissiyani tuzishdan ko'zlangan maqsad va uning vakolatlari belgilanadi.
Komissiya tuzilgani to'g'risida Senat qaror qabul qiladi.
Komissiya o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan so'ng, qaysi muddatga tuzilgan bo'lsa, shu muddat o'tganidan keyin yoki Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari o'z faoliyatini tugatadi.

Komissiyalarni tashkil etish va ularning faoliyati tartibi Senat Reglamentida belgilanadi.

Bugungi kunga qadar ikkita komissiya tuzilgan.

1. Reglament va etika komissiyasi

Reglament va etika komissiyasi Senatning vakolatlari muddatiga 7 kishi tarkibda tuzilgan.

Komissiyaning asosiy vazifalari:

2. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining mahalliy homikiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko'maklashuvchi komissiya

KOMISSIYA NIZOMI >>

Sayt haqida | Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 100078, Toshkent,
Telefon: 238-26-96 
E-mail: senat@tps.uz