O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati O'zbekcha | Русский | English | Français | Deutsch | Español | العربية | 中文
 

o'zb | рус | eng

So'nggi yangiliklar


Senat Devoni

«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, uning organlari hamda Senat a’zolarining faoliyatini tashkiliy, axborot va moddiy-texnika jihatidan ta’minlashni Oliy Majlis Senatining Devoni amalga oshiradi.

Senat Devonining tuzilmasi, shtatlar jadvali, xodimlari mehnatiga to’lanadigan haq miqdori va ularning moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek ularning ta’minoti bilan bog’liq xarajatlar Senat Raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Senat Devoni xodimlarining mehnatga oid munosabatlari Senatning vakolati muddatiga bog'liq bo'lmaydi. Senat Devoni yuridik shaxs hisoblanadi. Senat Devonining tashkil etilishi va faoliyati tartibi Senat Raisi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomda belgilanadi.

Senat Devoni o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasining qonunlariga, Senatning va Senat Kengashining qarorlariga, Senat Raisining farmoyishlariga amal qiladi.

Senat Devoni o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining devonlari, shuningdek ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Senat Devoni yuridik shaxs bo’lib, o’zining hisob-kitob varaqlariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga ega bo’ladi.

Senat Devonining tarkibiy bo’linmalari

Senat Devoni Senat Raisining, Rais o’rinbosarlarining hamda Senat Devoni Rahbarining bevosita rahbarligida ishlaydi va quyidagi tarkibiy bo’linmalarni o’z ichiga oladi:

Senat Devoni bo’limlarining tarkibida sho’’balar, guruhlar va boshqa tarkibiy bo’linmalar tuzilishi mumkin.

Senat Devonini Senat Devoni Rahbari boshqaradi.
 
Sayt haqida Copyright © 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Manzil: 100078, Toshkent sh., Mustaqillik maydoni, 6 uy.
Telefon: +998 (71) 238-2638
E-mail: senat (at) tps.uz